Qozog‘iston bilan chegarada Toshkentning yo‘ldosh shahari qurilishi mumkin

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining 500 gektarga yaqin maydoni Toshkent shahriga o‘tkaziladi va u yerda poytaxtga “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi” barpo etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Toshkent shahrining Toshkent viloyati, Toshkent tumani xududidan “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi” tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan. Loyiha Normativ-huquqiy-hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri tarkibida umumiy maydoni 493,56 gektar, bo‘lgan yerlarda “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi” tashkil etiladi. Bu yerlar Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududidan ajratiladi. 493,56 gektar maydonning 348,8 gektari qishloq xo‘jaligi yerlaridan iborat bo‘ladi.

Toshkentga qo‘shiladigan ba’zi hududlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasiga tutash. Masalan, IIBga qarashli “Bo‘rdoqichilik otkorm bazasi” xududining shimol tomonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasining davlat chegara to‘sig‘i tutashgan joyi 1-boshlang‘ich nuqta deb qabul qilingan.

Belgilanishicha, Toshkent viloyatining Toshkent tumanidan Toshkent shahri ma’muriy hududidiga o‘tkazilayotgan yerlardan samarali foydalanish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari asosida amalga oshipiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi”ga ajratilgan yerlarni o‘zlashtirishda uning mahalliy byudjeti va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi “Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi”ga o‘tkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining pochta manzilini ulardan ariza yoki ma’lumot talab etmagan holda, avtomatik tarzda elektron tizim orqali bepul o‘zgartiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maydon

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing