Qozog‘iston ayollar futboli milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vafot etdi

Sport

image

Qozog‘iston ayollar futboli milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Raziya Nurkenova 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi xabar bermoqda.  

Sportchining o‘limi sabablari ko‘rsatilmagan. 

Ta’kidlanishicha, Raziya Nurkenova Qozog‘iston tarixidagi birinchi milliy ayollar futbol jamoasida hujumchi bo‘lgan. Ayol o‘z sport karerasini 80-yillarning oxirlarida Qarag‘anda futbol klubida boshlagan va 1992 yilda unga Samara ayollar futbol klubida o‘ynash taklifi tushgan. U ushbu klubda 9 yil to‘p surgan.  

Professional futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u hakam va keyinchalik murabbiy sifatida ishlagan. 

Raziya Nurkenova - Rossiya va Qozog‘iston futbollari sport ustasi, uch karra Rossiya chempioni, Hamdo‘stlik Kubogi g‘olibi, Rossiya kubogi g‘olibi bo‘lgan.  

2007 yildan 2013 yilgacha u 17 yoshgacha bo‘lgan Rossiya o‘smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi bo‘lgan va 2018 yilda u Qozog‘iston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Raziya Nurkenova

Baholaganlar

43

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar