Qozog‘iston aviakompaniyalari Yevropa Ittifoqining “qora ro‘yxati”ga kiritilmadi

Olam

image

Qozog‘iston aviakompaniyalari Yevropa “qora ro‘yxati”ga kiritilmaydi. Bu haqda Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Kairbek Uskenbayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kazinform”.

2022 yil 1 iyun kuni Yevropa Komissiyasining Aviatsiya xavfsizligi qo‘mitasi Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari va Qozog‘iston aviakompaniyalarining Yevropaga parvozlariga nisbatan rasmiy qarorini e’lon qildi. 

Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Yevropaning 27 davlati aviatsiya ma’muriyati rahbarlari Qozog‘iston aviakompaniyalarining Yevropaga parvozlarini cheklamaslikka va Qozog‘istonni qora ro‘yxatga kiritmaslikka qaror qilganini ta’kidladi. 

“Ular Qozog‘istonda parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mavjud vaziyat va hukumatimiz tomonidan so‘nggi uch yil davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ijobiy baholadilar. Biz buni katta yutuq deb bilamiz, chunki yevropaliklarni ishontirish uchun biz qattiq harakat qilishimiz kerak edi”, deydi vazir. 

Shuningdek, u 2009 yilda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti audit davomida ICAO standartlarini amalga oshirishning past darajasi -47% darajasida aniqlanganida Qozog‘iston allaqachon qora ro‘yxatga kiritilganini eslatdi. Shu sababli Yevrokomissiya faqat parvoz geografiyasi va samolyotlar parkini kengaytirish imkoniyati cheklangan Air Astana’dan tashqari, Qozog‘istonning barcha aviakompaniyalarining Yevropa mamlakatlariga parvozlarini taqiqladi, 

“Islohotning samaradorligi o‘tgan yilning avgust oyida, ICAO auditorlari tomonidan o‘tkazilgan mustaqil audit natijasida Qozog‘iston parvozlar xavfsizligi darajasini 84 foizga oshirganida isbotlangan edi. Bu jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan 15 foizga yuqori. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha biz Niderlandiya, Belgiya, Portugaliya, Daniya va Islandiya bilan bir qatordamiz”, deydi Uskenbayev.

Shu bilan birga, o‘tgan yil oxirida Bek Air samolyotining halokatga uchragani sababli Yevrokomissiya Qozog‘istondagi parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatdan yana xavotir bildirgan. 

Bundan tashqari, Qozog‘iston xorijiy aviakompaniyalarning tranzit parvozlari uchun jozibador bo‘lib qoladi, mahalliy aviatashuvchilar esa parvozlar geografiyasini kengaytira oladi.

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga parvozlar taqiqlangan aviakompaniyalar qora ro‘yxatiga Yevropa ekspertlarining fikriga ko‘ra, aviatsiya xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘ri hal qilinmagan va samolyotlarining Yevropa Ittifoqiga a’zo har qanday davlatning havo hududiga kirishi taqiqlangan aviakompaniyalar kiritiladi. 

Bugungi kunda ushbu ro‘yxatga 22 ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, unda Rossiya, Belarus, Armaniston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonning barcha aviakompaniyalari “qora ro‘yxat”ga kiritilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing