Qozog‘iston armiyasi jangovar shay holatga keltiriladi
Olam
−
29 noyabr 12360 1 daqiqa
Joriy yil dekabr oyining ilk kunlarida Qozog‘iston armiyasining barcha bo‘linmalari eng yuqori jangovar shay holatga keltiriladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan dekabrning dastlabki kunlarida Qozog‘iston Qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalari o‘quv signali asosida eng yuqori jangovar tayyorgarlik darajasiga keltiriladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar o‘quv poligonlari va o‘quv markazlariga rejalashtirilgan yurishlarni amalga oshiradi.
Alohida qismlar esa havo, temiryo‘l va avtomobil transporti orqali jangovar tayyorgarlik bo‘yicha kompleks mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joylarga yetib boradi. Ko‘rsatilgan davrda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim hududlardagi yo‘llarda vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etilishi mumkin.
“Fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan faqat rasmiy manbalarga tayanishni va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning ko‘rsatmasi bilan mamlakat Qurolli kuchlari shay holatga keltirilgandi.
Live
Barchasi