Qozog‘iston AQSH bilan muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzoladi

Olam

image

Bugun, 6 noyabr kuni Qozog‘iston va AQSH o‘rtasida muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzolandi. Hujjatning imzolanish marosimi Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart To‘qayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi. 

“Prezident Qosim-Jomart To‘qayev ishtirokida Qozog‘iston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida muhim minerallar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi”, deyiladi xabarda.

Hujjatga Qozog‘iston Sanoat va qurilish vaziri Ersain Nagaspayev hamda AQSH Savdo vaziri Govard Latnik imzo chekkan.

Ma’lumot uchun, muhim minerallarga quyidagilar kiradi:

  • Litiy – elektr transport vositalari va akkumulyatorlar uchun asosiy element;
  • Kobalt – akkumulyatorlar va yuqori haroratga chidamli qotishmalar uchun ishlatiladi;
  • Nikel – zanglamaydigan po‘lat va batareyalar ishlab chiqarishda muhim;
  • Mis – elektr uzatish tizimlari va elektronika uchun zarur;
  • Grafit – batareyalar va elektrodlarda qo‘llaniladi;
  • Nodir yer elementlari – neodim, disproziy, ittriy va boshqalar. Ular magnitlar, lazerlar, optika va harbiy texnologiyalar uchun muhim;
  • Volfram – harbiy texnika, kesuvchi asboblar va sanoat uchun;
  • Molibden – po‘lat mustahkamligini oshiradi;
  • Vanadiy – energiya saqlash tizimlari va po‘lat qotishmalarida ishlatiladi;
  • Uran – yadro energetikasining asosiy xomashyosi.

Qayd etish joiz, ayni damda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari AQSHda bo‘lib turibdi. Ular Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan C5+1 sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qozog'iston muhim minerallar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing