Qozog‘iston 13 yildan beri qidirayotgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

3-sahifa

image
Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga keltirildi north_east

Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga keltirildi

Rossiyaning Moskva shahrida Qozog‘iston hududida juda katta miqdordagi firibgarlikda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Qozog‘iston kriminal politsiyasi xodimlari Rossiyadagi hamkasblari bilan hamkorlikda Moskvaning markazida 2012 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini ushlashga muvaffaq bo‘lgan.

“13 yil oldin gumonlanuvchi qalbaki hujjatlardan foydalangan holda Qozog‘istondagi banklardan birining hisobidan katta miqdordagi mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan yechib olgan. Jinoyat sodir etilganidan so‘ng u Qozog‘iston hududini tark etgan va shundan so‘ng unga nisbatan davlatlararo qidiruv e’lon qilingan edi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining so‘roviga binoan Rossiya tomoni gumonlanuvchini ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ayni paytda u bilan Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosining kuzatuvi ostida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol Ummonning Maskat shahridan Toshkentga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing