Qotillikda ayblangan o‘zbekistonlik Olma-otada ushlandi
3-sahifa
−
25 fevral 2022
10624Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan qidurvga berilgan shaxs Qozog‘istonning Olma-ota shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishcha, Sh.B. ismli shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi, 127-moddasi 3-qismi, 277-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan qidiruvga berilgan. Ya’ni u og‘irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‘ldirish, voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb qilish va bezorilikda ayblangan.
“Qarshi shahar “Qarshi” MFYda yashab kelgan Sh.B. ismli shaxs Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Qozog‘iston Republikasining Olma-ota shahrida ushlandi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi