Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
22 dekabr 2022
3830O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentda bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 22 dekabr kuni yurtiga jo‘nab ketdi.
“Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi. Tashrif doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi