Qorako‘lda maktab direktori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida maktab direktori tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qorako‘l tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining rahbari 1965 yilda tug‘ilgan J.F. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, boshqa fuqarolar B.M. ismli erkakni maktab qoruvuli, N.S. ismli ayolni farrosh vazifasiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. U evaziga ushbu maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudirasi X.G. orqali ularning bir oylik maoshlari miqdoriga teng 900 000 so‘m (kimyoviy ishlov berilgan) pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing