Qorako‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 29 fevral kuni Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tuman hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov, O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev hamda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari ishtirok etgan.

Viloyat hokimi tomonidan Husniddin G‘oyirovning salomatligidagi muammolar tufayli o‘z arizasiga asosan Qorako‘l tumani hokimi lavozimidan ozod qilinganligi to‘g‘risida qaror o‘qib eshittirildi. Karim Kamolovning qaroriga asosan Olot tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Sherali Salomov Qorako‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Yig‘ilish davomida tuman faollarining fikr-mulohazalari tinglandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorako'l

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing