Qoraqalpog‘istonga yangi Xalq ta’limi vaziri tayinlandi
Olam
−
23 dekabr 2020
3485Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori asosida Rustem Mambetkarimovich Reimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Rustam Reimov 2016 yildan beri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali akademik litseyi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida ham bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Xususan, Samarqand va Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
LiveBarchasi