Qoraqalpog‘istondagi voqealarning asosiy tashkilotchisi Dauletmurat Tajimuratov qamoqqa olindi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha tergovga jalb etilgan fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, qiynoq, zo‘ravonlik, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan joriy yilning 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Shakllantirilgan Bosh prokuratura tergov guruhi zimmasiga yuz bergan hodisalarning barcha holatlarini aniqlash, tergov harakatlarini xolisona hamda qonunchilikka qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.

Tergov harakatlari davomida jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kishi ushlandi.
 
Shu jumladan, D.M.Tajimuratov va A.T.Turdanovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilindi. Ularga nisbatan sudning qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

L.O. Qallixanovaning harakatlarida jamoat xavfsizligiga tajovuz qilish jinoyati alomatlari aniqlandi. U jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlandi.

Tergovga jalb etilgan fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, qiynoq, zo‘ravonlik, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga himoya huquqi to‘la ta’minlangan holda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, saqlash joylarida qonunda nazarda tutilgan barcha sharoitlar ta’minlangan. Sog‘lig‘i va saqlash sharoitlari bo‘yicha e’tirozlari mavjud emas.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

599

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing