Qoraqalpog‘istondagi talato‘plarda necha kishi qurbon bo‘lgani aytildi
Jamiyat
−
04 iyul 2022
26370Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan namoyishlarda 18 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakili xabar qildi.
“Ommaviy tartibsizliklar oqibatida hozirga qadar aniqlangan holatlarga ko‘ra, jami 243 nafar shaxsga, jumladan 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan. Og‘ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan”, deydi BP vakili.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan. Ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolajalarni uyda davom ettirishiga ruxsat berilgan.
Hozirda shifoxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va og‘ir ahvolda bo‘lganlari bor. Shu jumladan jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot organlari xodimlari ham bor.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar