Qoraqalpog‘istondagi namoyishda necha kishi jarohatlangani aytildi
Jamiyat
−
04 iyul 2022
16311Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida huquq-tartibot organlari xodimlari ham jarohatlangan. Ayni vaqtda 94 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarda davolanmoqda. Ular orasida og‘ir ahvolda bo‘lganlari ham bor. Bu haqda Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarovning Favqulodda holat davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining komendaturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bergan videobayonotida aytiladi.
Jumanazarovning qayd etishicha, 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan. Ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolajalarni uyda davom ettirishiga ruxsat berilgan.
“Hozirda shifoxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va og‘ir ahvolda bo‘lganlari bor. Shu jumladan jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot organlari xodimlari ham bor”, deydi Milliy gvardiya vakili.
Uning qayd etishicha, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qo‘riqlash boshqarmasi safdori ko‘krak qismidan o‘qotar jarohat olgan. Shu boshqarmaning yana bir safdori chap oyoq yopiq suyuk boldir sinishi, bir nafar Jizzax Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi bosh miya ochiq jarohati hamda Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi serjant-harbiy xizmatchisi bosh miya ochiq jarohati bilan davolanmoqda.
LiveBarchasi