Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada yaroqsiz ovqatlar tayyorlanishi aytilmoqda
3-sahifa
−
30 noyabr 2022
4694Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bog‘chalardan birida sifatsiz va yaroqsiz mahsulotlardan ovqat tayyorlanishi aytilgan videomurojaat tarqaldi. Holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati munosabat bildirdi.
Videomurojaatda qayd etilishicha, To‘rtko‘l tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sifatsiz va yaroqsiz mahsulotlardan ovqat tayyorlanib kelingan.
Shuningdek, bog‘cha oshxonasidagi mahsulotlar kalamushlar tomonidan “o‘g‘irlanishi” aytilmoqda.
Videoda aks etgan holat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan nazoratga olingan.
“Ayni paytda holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda va ularning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xizmat xabarida.
LiveBarchasi