Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi fuqaroni quvlab urdi

Jamiyat

Bugun, 20 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi fuqaroni quvlab urgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu voqea yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, mazkur hodisa joriy yilning 18 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi yuz bergan.

Tumandagi dehqon bozori atrofida YPX xodimi A.Allamberganov xizmat burchini bajarayotganda uning yoniga mast holdagi fuqaro kelgan. So‘ngra, fuqaro YPX xodimiga turli harakatlar bilan xizmat faoliyatini bajarishga xalaqit bergan. Shundan so‘ng, xodim fuqaroga mast holda ekanligini, yashash uyiga borishi zarurligini aytgan. Shunga qaramasdan, mast fukoro turli so‘zlar bilan xodimga xalaqit berishda davom etgan.

Shundan so‘ng, YPX xodimi va fuqaro o‘rtasida nizoli holat yuzaga kelgan. YPX xodimi fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tishga taklif qilgan va tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, mastlik holati tasdiqlangan. YPX xodimi tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, bo‘lib o‘tgan holatni batafsil bayon qilgan va tegishli tartibda ko‘rib chiqilishini so‘ragan.

Xozirda, mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing