Qoraqalpog‘istonda yangi qo‘riqxona tashkil qilindi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
3637O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida yuridik shaxs tashkil qilgan holda “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi tashkil qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.
Davlat tabiatni muhofaza qilish shaklidagi mazkur buyurtma qo‘riqxonasining umumiy maydoni 280 507 gektarni tashkil qiladi.
Buyurtma qo‘riqxonasi uchastkalarining qo‘riqlanma zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi.
Buyurtma qo‘riqxonasi Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
LiveBarchasi