Qoraqalpog‘istonda YHXB boshlig‘i inspektorlarga kuch ishlatib, haqorat qildi
3-sahifa
−
16 mart 2022
7788Ijtimoiy tarmoqlarda DYHXX mas’uli ikki nafar Yo‘l-patrul xizmati xodimiga qupol munosabatda bo‘lib, haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Videoda mas’ul qo‘l ostidagilarni tepaganini ko‘rish mumkin. Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, hodisa o‘tgan yilning 14 fevral kuni sodir bo‘lgan. Xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, urib-so‘kayotgan mas’ul esa yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan B.Xojanov ekani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, kapitan B.Xojanovga nisbatan tegishli tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Tekshiruv yakuni bo‘yicha, kapitan B.Xojanov ko‘l ostidagi xodimlarga qupol munosabatda bo‘lgani hamda xizmatda kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun “lavozim maoshining 30 foiz miqdorida ushlab qolish” qattiq intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi