Qoraqalpog‘istonda uylarni suv bosdi (foto)
Jamiyat
−
25 fevral 2023 23288 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi kanalda bosim ortishi tufayli uylarni suv bosgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 24 fevral kuni soat 3-4 lar atrofida To‘rtko‘l tumanidagi “Kalta minor-1” xo‘jaliklararo kanalida 192-piketi yon tomonidan (to‘g‘on) suv tushishi oqibatida hududdagi uylar va binolar shikastlangan.

Holatni bartaraf etish maqsadida ishchi kuchlar va maxsus texnika safarbar qilinib, ertalab soat 7:00 da kanaldan suv chiqqan joy butunlay yopilgan.

Aniqlanishicha, suvning yuvilishi va kanal qirg‘oqlarining qulashi oqibatida hududdagi 8 ta xonadonning uy-joylari va 2,5 gektar ekin maydonlari zarar ko‘rgan.

Live
Barchasi