Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga yaroqsiz oziq-ovqatlar berilayotgani aniqlandi
3-sahifa
−
27 fevral 2023
5302Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanidagi bir necha maktabda o‘quvchilarga iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari berilayotgani aniqlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududiy sanitariya epidemiologiya bo‘limi xodimlari tomonidan Kegeyli tumanidagi 1-8-19 va 55-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borilganda bir qator qo‘pol xato va kamchiliklar aniqlangan.
Xususan, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan me’yordan past bo‘lib, ichimlik suvi va issiq choy bilan ta’minlash uchun sharoit yetarli emas.
“Eng achinarlisi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘rganilsa, olma sharbati iste’molga yaroqsiz holatda ekani, bundan tashqari, qadoqlangan mahsulotlarga zararkunandalar tomonidan ziyon yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, ushbu oziq-ovqat mahsulotlari maxsus avtomashinalarda emas, balki yo‘lovchi transportida yetkazib beriladi. Bundan tashqari, turli maktablarda kundalik oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qiluvchi komissiya tarkibi tuzilmagan”, deyiladi xabarda.
Hozirda kuzatuv tashkilotlari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aybdorlarga chora ko‘rish bo‘yicha tegishli tartibda ishlar olib borilayotgani aytilmoqda.
“Aytish joizki, bolalarning ovqatlanishi talablari bajarilishi yuzasidan respublikaning barcha maktablarida o‘quv-tarbiya ishlari olib borilib, maktab direktorlari va aybdorlarga qattiq jazo choralari ko‘rilmoqda”, deya ta’kidlanadi xabarda.
LiveBarchasi