Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga beriladigan shirinlik ichidan qum chiqdi
Jamiyat
−
12 aprel 2023
5498Joriy yilning 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 41-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan qum chiqqani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishcha, holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. 41-sonli umumta’lim maktabida bugungi kunda jami 961 nafar o‘quvchi bor bo‘lib, shundan 1-4-sinfida jami 388 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Maktabga oziq-ovqat mahsulotlari mahalliy MCHJ tomonidan 2022 yil 10 oktyabrdan shu kunga qadar yetkazib berilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududdagi maktablarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli Qarori talabiga asosan 1-4-sinfda ta’lim oladigan jami 8670 nafar o‘quvchiga 3 ta korxona (TABBASUM NUKUS, BEKBERGEN SERVIS ORAYI, ALLIANSE ARAL-S) tomonidan har kuni belgilangan taomnoma asosida oziq-ovqat mahsulotlari berilib kelinadi.
O‘rganishlar davomida 41-sonli umumta’lim maktabiga 2023 yil 7 aprel kuni “BEKBERGEN SERVIS ORAYI” MCHJ tomonidan ertalabki soat 9:45 da olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus komissiya a’zolari qabul qilib olgan.
“Ijtimoiy tarmoqlardagi video murojaatda yuvilmagan olma shu yilning 7 fevral kungi holat bo‘lib, bu bo‘yicha oziq-ovqat yetkazib beruvchi korxonaga va maktabdagi qabul qilib oluvchi komissiya azolariga xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ogohlantirish berilgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.
2023 yil 7 aprel kuni maktabga 388 nafar o‘quvchiga tasdiqlangan taomnoma asosida yong‘oqli keks, shokolad, olma, shirin choy yetkazib berilgan. Shu kuni 2-“b” sinf o‘quvchilariga berilgan shokoladdan qum chiqqanligi va sinf rahbari B.Bekbosinova bu holat bo‘yicha maktab rahbariyatiga video xabar orqali murojaat qilgan. Maktab rahbariyati oziq-ovqat yetkazib beruvchi korxonaga bu holat bo‘yicha ma’lumot bergan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, qo‘shimcha o‘rganish ishlari amalga oshirilishi va uning natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi