Qoraqalpog‘istonda tarixiy yodgorlik hududi qabristonga aylantirilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mizdakxon majmuasi” hududida joylashgan Halifa Rajab (Erejep) maqbarasi tarixiy yodgorligi hududida yangi qabrlar uchun yerlar sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. Madaniy meros agentligi ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatda ta’kidlanishicha, oktyabr oyida Qoraqalpog‘iston Madaniy meros boshqarmasi tomonidan “Mizdakxon majmuasi” tarixiy obidalar hududida o‘rganish ishlari olib borilgan. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Mizdakxon majmuasi”dan qabriston sifatida foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, Xo‘jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasiga tarixiy obidalar hududida qabrlarning joylashtirilishini nazoratga olish vazifasi yuklangan.

Ammo hozirgi vaqtda boshqarma tomonidan ushbu madaniy meros ob’ekti atrofida yangi qabrlarning joylashtirilishini to‘xtatilishi to‘liq nazoratga olinmagan. 

Joriy yilning 1 dekabr kuni Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori Tursunali Qo‘ziyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganish ishlari olib borish jarayonida mazkur masala nazoratga olingan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Madaniy meros boshqarmasiga madaniy meros ob’ekti hududini muhofaza qilish va asrashga doir ko‘rsatmalar berilgan.

Hozirda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing