Qoraqalpog‘istonda mast erkak ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mast erkak ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi. Holat yuzasidan respublika Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 14:30 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “1050” qisqa raqamiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng, maxsus qutqaruv guruhi xodimlari Nukus shahri 23-mavze 1/46 manziliga yetib kelgan. O‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan shaxs 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ekani aniqlangan. 

Fuqaro qutqarib qolingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing