Qoraqalpog‘istonda maktab ta’miriga ajratilgan 177 mlnni “uxlatgan” mansabdorlar ushlandi
Jamiyat
−
02 aprel 2022 7642 1 daqiqa
Qoraqalpog‘istonda Xalq ta’limi bo‘limi va MCHJ mansabdorlari maktabni ta’mirlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limi hamda qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi 2 ta MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirgani fosh bo‘lgan. Ular tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining o‘quv binolarini ta’mirlash uchun ajratilgan jami 1 mlrd 235 mln so‘m pul mablag‘ining 177,6 mln so‘mini hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish orqali noqonuniy o‘zlashtirgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi