Qoraqalpog‘istonda kambag‘allikni kim qisqartirishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Sag‘indiq Turmanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Sag‘indiq Turmanov Turg‘anboyevich 1982 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

U 2014-2015 yillarda Tadbirkorlar va ishbilormanlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik  partiyasi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

2015 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga saylangan.

2015 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qununiylik, sud huquq va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari masalalari qo‘mitasi raisi va O‘zLiDep Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing