Qoraqalpog‘istonda Kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
04 may 3708 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i 2 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lu qilinishicha, tumanlardan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming dollar miqdorida pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 metr kvadrat yer maydonida qurilgan, lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan majburan buzilishi belgilangan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Hozirda kadastr rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori fuqarodan 10 ming dollar olganda ushlangandi.
Live
Barchasi