Qoraqalpog‘istonda qizni o‘g‘irlab, nikohga majburlagan shaxslar ushlandi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2020
16854Joriy yilning 13 oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida bir guruh shaxslar qizni o‘g‘irlab ketgani, keyin esa uni nikoh qurishga majburlagani aniqlandi. Bu haqda Tergov deparatmenti xabar berdi.
30 yoshli D.Ye. tanishlari 29 yoshli R.J. va 30 yoshli P.B. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 24 yoshli G.S. (ayol)ni uning erkiga xilof ravishda Qonliko‘l tumani “Madeniyat” MFY Sari-oltin ko‘chasi chorrahasida uni uyiga qaytayotganligidan foydalanib, orqasidan borib unga kuch ishlatib, majburan D.Ye.ning nomida bo‘lgan P.B. boshqarib yurgan Nexia-2 rusumli avtomashinasiga mindirgan. So‘ng uni Qonliko‘l tumani Bo‘ston OFYda joylashgan uyiga olib borib, G.S.ni D.Ye. bilan nikohda bo‘lish uchun majburlashgan.
Holat yuzasidan G.S. tuman IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi xodimlari chiqib ko‘zdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazishgan. D.Ye.ning nomida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashina daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda muhrlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qonliko‘l tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib bormoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr