Qoraqalpog‘istonda qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs qo‘lga olindi 

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs topilib, ushlangan va tergov bo‘limlariga topshirilgan. Bu haqda O‘zA Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekovga tayanib ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan “Antiterror” tozalash tadbirlari doirasida 18 ming 200 ob’ekt hamda 89 ming xonadon jamoatchilik faollari bilan birga ko‘zdan kechirilgan.

Bundan tashqari, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar o‘z ixtiyori bilan 344 ov quroli, 170 o‘q-dorilarni ichki ishlar organlariga topshirgan. 12 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs aniqlanib, ular o‘z uylariga qaytarilgan. 

O‘z navbatida, 57 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.

Hibsga olinganlarning 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga aloqasi bor yoki yo‘qligi aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing