Qoraqalpog‘istonda ikki qizini ayovsiz do‘pposlagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
10 aprel 2022
16298Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaatda fuqaro o‘tgan yilning iyul oylaridan boshlab turmush o‘rtog‘i X.F. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sababli, X.F. o‘zining ikki nafar voyaga yetmagan qizlarini urib, ularga azob berib kelayotganligini, shu sababli X.F.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Shu bilan birga, joriy yilning 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda, fuqaro X.F. tomonidan o‘zining voyaga yetmagan farzandlari 2017 yilda tug‘ilgan X.Sh.ni hamda 2019 yilda tug‘ilgan X.A.ni har xil so‘zlar bilan haqoratlab, do‘pposlayotganligi tasvirlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi X.F.ga nisbatan protsessual cheklov chora belgilash masalasi ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi