Qoraqalpog‘istonda fuqaro ichki ishlar bo‘limiga olib ketilib, o‘sha yerda vafot etgani aytilmoqda

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida fuqaro D.B. profilaktika inspektori tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib ketilib, o‘sha yerda vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Taxiatosh tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va marhum D.B.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati shaxsan Qoraqalpog‘iston prokurori nazoratiga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatida fuqaroga nisbatan Denov tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi kuch ishlatishi oqibatida shifoxonaga yotqizildi va keyinroq o‘sha yerda vafot etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing