Qoraqalpog‘istonda 653 mln so‘m byudjet puli talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
29 mart 2021
3425Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan MCHJ rahbari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qonliko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi va “A.O.” MCHJ mansabdor shaxslari hududdagi “Suyenli” kanaliga nasos agregati o‘rnatish va elektr tarmog‘ini ta’mirlash davomida har biri 217,7 mln so‘mlik 3 dona “SNPE-500/10” rusumli nasos agregatlari o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali jami 653,1 mln so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi