Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi 15 nafar mansabdorni ishdan oldi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev tomonidan 15 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod qilinib, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi tomonidan Davlat dasturlari asosida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo‘yicha bugungi kunga qadar 11 tumanda majlis o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan majlislar bayonnomalari asosida Davlat dasturlari doirasida belgilangan topshiriqlarni, o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmagani uchun 15 nafar mansabdor shaxs Jo‘qorg‘i Kenges raisi tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Shu bilan birga, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing