Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga imtiyoz beriladi

Jamiyat

−

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada ajratiladi. Bu haqda Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan.

2023 yil 1 noyabrdan:

ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish mexanizmi joriy etiladi;

ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat ob’ektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta’minlash majburiyati yuklatiladi.

2024 yil 1 yanvardan:

respublikaning uzoq muddatli suv balansi prognozini yuritish, suv resurslarini tejash dasturlarini qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada (foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga) ajratiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing