Qoraqalpog‘iston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezd qatnovi reysi bekor qilindi 

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni “Nukus—Beyneu—Nukus” yo‘nalishida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdining bitta reysi bekor qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Nukus—Beyneu—Nukus” yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 647/648-sonli xalqaro yo‘lovchi poyezdining harakati texnik sabablarga ko‘ra bir reysga bekor qilinadi. 

Xarid qilingan chiptalarning summasi esa to‘liq qiymatda o‘z egalariga qaytarib beriladi. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing