Qoraqalpog‘iston soliq idorasi mansabdori sudda oqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman davlat soliq inspeksiyasi vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan “TITAN CEMENT” MCHJning mol-mulk va yer solig‘idan jami 1 153 514 745,39 so‘mlik soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha jamiyatning bank hisob-raqamiga inkasso topshiriqnomalari qo‘yib, majburiy undirish choralarini ko‘rgani, Biznes-ombudsman devoni xodimlari aralashuvi bilan tadbirkorning hisob-raqamiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari olinishi ta’minlangani, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan Qorao‘zak tuman DSI xodimiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani, u Qorao‘zak tuman ma’muriy sudining qarori bilan Qorao‘zak tuman DSIning mansabdor shaxsiga nisbatan 2 230 000 so‘m jarima qo‘llanilgani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqilib, Taxtako‘pir tuman ma’muriy sudining 2020 yil 17 apreldagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasining 2020 yil 19 maydagi qarorlari bekor qilin va mansabdor U.Turdiyev oqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qorao‘zak tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi U.Turdiyevning hatti-harakatlarida “Titan cement” MCHJning mol-mulk va yer solig‘idan hosil bo‘lgan qarzdorliklarini undirishda qonun buzilish holatlar mavjud emasligi sababli, mazkur korxonaga soliq qarzdorligini kechiktirish bo‘yicha vakolatli organ hujjati, ya’ni imtiyoz berish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.

Shu sababli, ushbu holatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, MCHJ shaklidagi “Titan cement” qo‘shma korxonasiga nisbatan PF-5969-sonli Prezident Farmonida belgilangan imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llash bo‘yicha vakolatli organ qarori qabul qilinmaganligi hamda imtiyoz berish yuzasidan U.Turdiyevda vakolat bo‘lmaganligi tasdiqlanib, Taxtako‘pir tuman ma’muriy sudining 2020 yil 17 apreldagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasining 2020 yil 19 maydagi qarorlari bekor qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan Qorao‘zak tumani DSI xodimi U.Turdiyevga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy ish materiali esa o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli ish yurituvdan tugatilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing