Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri shifoxonada davolanayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 avgust 2020 5251 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Otajon Hamroyev koronavirusga chalinmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga vazirlik rasmiysi ma’lum qildi.
Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarning qoraqalpoq segmentida Hamroyevda koronavirus aniqlangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Otajon Hamroyev haqiqat shifoxonada va davolanyapti. Ammo unga COVID-19 tashxisi qo‘yilmagan. Biz bilan muloqotda bo‘lgan vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, vazir umurtqasidagi kasallik sabab shifoxonaga yotqizilgan.
“Vazirimiz yosh yigit emas. Odamning yoshi kattalashgani sari turli kasalliklar yuzaga keladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yolg‘on. Vazir koronavirusga chalinmagan”, dedi vazirlikdagi manba.
Ma’lum bo‘lishicha, Otajon Hamroyev 20 kunga yaqin vaqtdan beri davolanyapti.
Hamroyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar tarqalishiga u Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning dafn marosimida ishtirok etmagani sabab bo‘ldi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust