Qora dengizda yuk kemasi cho‘kib ketdi

Olam

image

Bortida Ukrainaning 10 nafar dengizchisi bo‘lgan yuk kemasi Qora dengizda cho‘kib ketdi. Bu haqda “Maritime” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 12 oktyabr kuni Qora dengizning Bolgariya qirg‘oqlari yaqinida Kamerun davlati bayrog‘i ostida suzib borayotgan “EILEEN” yuk kemasi cho‘kishni boshlagan va ekipaj a’zolari qutqarib olingan.

Bolgariya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kema yon tomonidan teshilgan va sharqdan deyarli 260 km uzoqlikda cho‘kishni boshlagan. Ekipajning ikkita a’zosi kemani tark etib, qutqaruv signalini yuborgan. Voqea joyiga Bolgariya harbiy-dengiz kuchlarining chegara qo‘riqlash kemasi va vertolyoti, shuningdek, Ruminiya va Turkiya kemalari jo‘natilgan. Birgalikda olib borilgan operatsiya natijasida dengizchilar turk kemasi bortiga joylashtirilgan.

“Qutqaruv kemasi falokat joyiga etib bordi va butunlay cho‘kib ketgan kemaning 10 nafar ukrainalik a’zolari qutqarib qolindi”, daya izoh bergan Turkiya qirg‘oqlarini qo‘riqlash xizmati.

Qayd etish joiz, “EILEEN” 1993 yilda qurilgan va o‘zida 3000 tonna yukni sig‘dira oladi. Kema avvalroq Gruziya, Gretsiya va Turkiya portlarida tekshiruvlar chog‘ida yaroqsiz deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina Qora dengiz yuk kema EILEEN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing