Qora dengizda 45 yillik gaz zaxiralari bor – Binali Yildirim

Olam

image

Turkiya tomonidan Qora dengizda topilgan gaz zaxiralari 45 yil davomida jahon iste’molini qoplay oladi. Bu haqda “CNN Turk” Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisining o‘rinbosari, mamlakat sobiq Bosh vaziri Binali Yildirimga tayanib, ma’lum qildi.

“Qora dengizning tabiiy gazdagi zahiralari hozirda 540 milliard kub metrga baholanmoqda. Bu hali boshlanishi, davomi ham bo‘ladi. Qora dengiz 45 yil davomida dunyoning gazga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga qodir”, degan sobiq Bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat Qora dengizdan yangi yirik gaz konini topganini, unda 135 mlrd kub metr gaz borligini aytgan edi.

Shuningdek, Turkiya yetakchisi Qora dengizda aniqlangan jami tabiiy gaz zaxrilari miqdori 540 milliard kub metrga yetganini qo‘shimcha qilgandi.

Erdo‘g‘anga ko‘ra, dengizdagi tabiiy gazni quruqlikka olib chiqish uch bosqichda amalga oshirililadi. Birinchi bosqichda dengiz tubida gaz qazib olish tizimlari joylashtiriladi, ikkinchi bosqichda gaz quruqlikda qayta ishlanadi va foydalanishga tayyorlanadi. So‘nggi, uchinchi bosqichda dengizdagi tizim va quruqlikdagi ob’ektlar o‘rtasida bog‘lovchi quvurlar o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

432

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing