Qonunga zid: “Arqadag‘” parlament a’zosi etib saylandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Turkmanistonda ilk marta parlamentning yuqori palatasiga saylov bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Turkmaniston Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov raqamli tizim bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi, unda “jamiyat hayotining ustuvor masalalari” ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Turkmaniston AA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va mamlakatning barcha saylov komissiyalari nomidan MSK raisi Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni Milliy Gengeshning yuqori palatasi – Xalq Maslahatlariga saylangani bilan tabriklagan.

Qayd etilishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov saylovchilarning 100 foiz ovoziga ega chiqqan.

Turkmaniston Konstitutsiyasiga muvofiq, Prezident Milliy kengash a’zosi yoki deputati bo‘lishi mumkin emas. 

Shuningdek, Xalq Maslahati a’zolari va Majlis deputatlariga bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimini egallashi taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing