“Qonli yanvar” Nazarboyev emas, To‘qayevga qaratilgan qo‘zg‘alonmidi?

Olam

image

Qozog‘istonda ro‘y bergan “qonli yanvar” voqealarining asosiy maqsadi mamlakatdagi amaldagi Hukumatni ag‘darish  bo‘lgan. Isyonchilar, hatto, Prezident qarorgohi “Oqo‘rda”ni ham qo‘lga olish rejasini tuzgan. Bu haqda Prezident Qosim-Jomart To‘qayev “Qazaqstan” telekanaliga bergan intervyusida gapirgan. 

“Qonli yanvar” voqelaridan so‘ng, ba’zi Rossiya siyosatchilari qo‘zg‘alonchilar Qozog‘istonda mamlakat Prezidentini qo‘lga olib, uni davlat rahbarligidan ag‘darish yoki mamlakatdan chiqarib yuborishni ko‘zlagani haqida fikr bildirgan edi. To‘qayev o‘z intervyusida ekspertlarning fikriga javob qaytardi. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya maxsus kuchlari Qozog‘istondagi siyosiy voqelarni diqqat bilan kuzatadi.

“Katta ehtimol bilan bu Rossiya maxsus kuchlarining fikri. Balki bu to‘g‘ridir, axir ular bizning mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqealarni juda diqqat bilan kuzatib borishadi. Qanday bo‘lmasin, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan qurolli to‘dalar hokimiyatni egallab olishni xohlashgan. Shunday ekan, xorijlik ekspertlarning gaplarida qisman haqiqat bor”, degan Prezident To‘qayev.

Prezident voqealarning asosiy sabachilarini topish va ularni jazolashni maqsad qilgan.  

“Biz hamma narsani sinchkovlik bilan o‘rganib chiqib, haqqoniy baho berishimiz kerak. Sabr tagi-sariq oltin deganlaridek, bu masalada shoshilmaslik kerak, unga ehtiyotkorlik bilan va o‘ylagan holda yondashish kerak. Qiziqqonlik bilan qaror qabul qilib bo‘lmaydi. Biz, albatta, haqiqatning tagiga yetishimiz kerak va men o‘z oldimga shu maqsadni qo‘yganman”, deya qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston rahbari.

Qozog‘istondagi namoyish

Qozog‘istonda 2022 yilning birinchi kunlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi — mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi: u yerda talonchilik boshlandi, namoyishchilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, qurol-yarog‘larni olib ketishdi. Bunga javoban rasmiylar 19 yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar chog‘ida 1000 ga yaqin odam jarohatlangan. Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.  

5 yanvar kuni ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatni iste’foga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o‘zini rahbar etib tayinladi. O‘z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishida To‘qayev Qozog‘istondagi vaziyatni davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi deb baholadi va “terrorchilik tahdidini yengishda” KXSHTdan yordam so‘raganini aytdi. KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.  

7 yanvar kuni To‘qayev terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko‘rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo‘q qilishga va’da berdi. Bundan tashqari, Prezident fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini ta’kidladi. 

13 yanvar kuni KXSHT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilindi. 19 yanvar kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing