Qoniqarsizdan a’logacha: O‘zbekistonda rahbar o‘rinbosarlarini baholash boshlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekisston Prezidentining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati ko‘rsatkichlari har yil yakuni bo‘yicha keyingi yilning 10 yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlangan baholashning asosiy mezonlariga muvofiq davlat boshqaruvi organlari hamda xo‘jalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyati har chorak yakuni bo‘yicha kollegial organ yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilinadi hamda baholanadi. Bunda, rahbar o‘rinbosarlari tomonidan faoliyat ko‘rsatkichlari ijrosi 70 foizdan kam ta’minlanganda – “qoniqarsiz”, 71 foizdan 90 foizgacha – “qoniqarli”, 91 foizdan 99 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori bo‘lganda “a’lo” deb baholanadi.

Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining kollegial organlari tomonidan rahbarning tegishli o‘rinbosarlari mas’uliyati yuzasidan takliflar tayyorlanadi Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing