Qoidabuzarlarga qat’iy chora ko‘riladi – IIV karantin bo‘yicha aholini jiddiy ogohlantirdi

Jamiyat

image

Avvalroq 18 apreldan O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilinishining nazorati yanada kuchaytirilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qilib, maxsus bayonot berdi.

“Biz xotirjamlikka berilib, o‘z sog‘ligimiz haqida o‘ylash naqadar muhimligi haqida o‘ylamay qo‘ydik. Kasallanish holatlarining oshishi, birinchi navbatda oddiy ehtiyot choralariga rioya etmaslik, ya’ni tibbiy niqobdan foydalanmaslik, ijtimoiy masofani saqlamaslik oqibatida yuz bermoqda. Shu munosabat bilan respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Respublikamizda joriy yilning 18 aprel kunidan boshlab karantin qoidalari kuchaytiriladi. Ya’ni, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, qo‘llarni antiseptiklar bilan zararsizlantirish tadbirlarining nazorati kuchaytiriladi va qoidabuzarlarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Jamoat transportlari 50 foiz sig‘imida yo‘lovchilar tashiydi va ushbu maqsadda transport vositalari soni oshiriladi. To‘y va boshqa marosimlarda 100 kishidan ortiq bo‘lmaslik belgilanadi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Iftorlik marosimlarini oila a’zolari davrasida o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Barcha davlat organlari va tashkilotlar yig‘ilish va majlislar o‘tkazishni keskin qisqartiradi hamda asosiy ishga ta’sir etmagan holda mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib tashkil etish choralarini ko‘radi. Anjumanlar va boshqa tadbirlar imkoniyatga ko‘ra, asosan onlayn rejimda, masofaviy tarzda o‘tkaziladi.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holatlari aniqlangan taqdirda ularning faoliyati to‘xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinib, onlayn darsga o‘tiladi. Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning xonadonlarida karantin qoidalariga rioya qilish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Hurmatli fuqarolar, shu kungacha ichki ishlar organlari xodimlari karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan asosan ogohlantirish bilan cheklanayotgan edilar. Bundan buyon qoidabuzarlarga qonuniy va qat’iy choralar ko‘riladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 18 apreldan O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilinishining nazorati yanada kuchaytirildi. 

Unga ko‘ra, bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlansa, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antitseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi qat’iy nazorat qilinadi.

Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

1 maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish kabi qator cheklovlar belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing