Qodirov Trampning “Asr kelishuvi”ga keskin baho berdi
Olam
−
03 mart 2020
7889AQSH Prezidenti Donald Trampning "Asr kelishuvi" deb nom olgan Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish rejasi butun musulmon olamiga qarshi jinoyat. Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Falastin rahbarining maslahatchisi, mamlakatning oliy sudyasi Mahmud al-Xabash bilan uchrashuvdan so‘ng yozib qoldirdi.
"Uchrashuv chog‘ida men xalqaro qonunlarni qo‘pol ravishda buzadigan va butun musulmon olamiga qarshi jinoyat bo‘lgan “Asr kelishuvi"ni qoraladim. Mahmud al-Xabash va men musulmon mamlakatlaridagi nizolar G‘arbning bevosita ishtirokida qizib, kengaymoqda degan fikrda edik”, deydi Qodirov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim musulmon davlatlari rahbarlarining birdam emasligi "Yaqin Sharqdagi inqirozning avj olishiga yaxshi zamin yaratadi".
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida al-Xabash Falastinda "Checheniston" nomli masjid qurmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi