Qodirov 2024 yilda Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘yadimi?

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti saylovlarida qatnashmasligini aytib o‘tdi. Eshittirish “Rutube RT” kanalida olib boriladi.

O‘zining Rossiya prezidentligiga nomzodi qo‘yilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar bo‘yicha savolga javob berar ekan, Qodirov bunga to‘liq huquqi borligini ta’kidladi. 

“Boshqalarga mumkinu, chechenlarga mumkin emasmi? Bizga ham mumkin, lekin men buni hech qachon qilmayman”, dedi u.

Checheniston rahbari Vladimir Putin kabi “dono” va “kuchli odam”dan keyin mamlakatni boshqarish deyarli mumkin emasligini qo‘shimcha qildi. Qodirov uning o‘z lavozimida uzoq vaqt qolishini tiladi va unga katta yordam berishga va’da berdi.

Avvalroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida hali bir qarorga kelmaganini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi. Federatsiya Kengashi ularni tayinlash to‘g‘risida 100 kundan kechiktirmay va ovoz berish kunidan kamida 90 kun oldin qaror qabul qilishi kerak.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing