Qobuldagi portlashda Rossiyaning ikki diplomati qurbon bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 5 sentyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida joylashgan Rossiya elchixonasi oldida sodir etilgan portlashda diplomatik missiyasining ikki xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

“5 sentyabr kuni Qobul vaqti bilan soat 10:50 da Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi konsullik bo‘limiga kirish joyi yaqinida noma’lum jangari portlovchi moslamani ishga tushirgan. Hujum oqibatida diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘ldi, qurbonlar orasida Afg‘oniston fuqarolari ham bor”, deyiladi axborotda. 

Qayd etilishicha, Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi Afg‘oniston xavfsizlik xizmatlari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 sentbyar kuni Qobuldagi Rossiya elchixonasi oldida terakt sodir etildi. “Reuters” politsiyaga tayanib xabar berishicha, ushbu portlashni xudkush-terrorchi sodir etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing