Qobuldagi maktablar atrofida ketma-ket portlashlar bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 19 aprel kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda sodir bo‘lgan bir necha portlashda taxminan 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS mahalliy “Aamaj News” agentligiga tayanib, xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar shaharning g‘arbiy qismidagi Abdul Rahim maktabi yaqinida sodir bo‘lgan ketma-ket ikki portlashdan keyin qayd etilgan.

“Hozirda Qobuldagi portlashlar oqibatida olti kishi halok bo‘lgani va 11 kishi jarohatlangani ma’lum”, deydi “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan Qobul xavfsizlik departamenti matbuot kotibi Xolid Zadran.

Dastlab, u Afg‘oniston poytaxtida uchta portlash sodir bo‘lganini ham ma’lum qilgandi. Barcha portlashlar ta’lim muassasalari yaqinida yuz bergan.

“Aamaj News” xabariga ko‘ra, maktablardan biri yaqinida qo‘l granatasi portlatilgan. U yerda kamida besh kishi yaralangan. Portlashlar o‘quvchilar maktab binosidan chiqayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Boshqa portlashlar sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Shu bilan birga, “Kobul News” telekanalining  guvohlarga tayanib xabar berishicha, Qobuldagi portlashlar oqibatida kamida 20 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan.

Afg‘onistonning amaldagi rasmiylaridan portlash qurbonlari soni to‘g‘risida hozircha rasmiy ma’lumot olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing