Qobuldagi bozorda terakt uyushtirilishi oqibatida bolalar yaralandi

Olam

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda portlash yuz berdi. Oqibatda 11 kishi jarohat olgan va ularning orasida uch nafar bola ham bor. Bu haqda “Ariana News” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bugun, 23 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida “Pomir” kinoteatri hududidagi Qobulning gavjum bo‘lgan “ikkinchi qo‘l” bozorida portlash sodir bo‘lgan. Jabrlanganlarning barchasi Favqulodda yordam jarrohlik markaziga yetkazilgan.

“Ayni paytda bizga 11 nafar yaralanganlar keldi. Ular orasida uch yashar qizaloq, to‘rt yoshli va o‘n olti yoshli o‘g‘il bolalar, ikki ayol va olti erkak bor. Erkaklardan biri og‘ir ahvolda”, deydi Favqulodda yordam direktori o‘rinbosari Stefano Jennaro Smirnov.

Smirnovga ko‘ra, bozor ochilgan paytda odamlar ichkariga kirish uchun to‘planib turgan bo‘lgan. Ushbu hudud Qobulning eng zich aholi yashaydigan joylaridan biri hisoblanadi. Hujum oqibatida jabrlanganlarning aksariyati kambag‘al afg‘onlar bo‘lib, ular yangi kiyim sotib olish imkoniyatiga ega emas.

Hozircha portlash uchun hech bir terroristik guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qobul janubidagi Qala’yi-Baxtiyor hududida  yuz bergan portlashda kamida olti kishi halok bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qobul terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made