Qobulda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Afg‘oniston poytaxti Qobulda yuz bergan portlashda kamida olti kishi halok bo‘ldi. Portlash Qobul janubidagi Qala’yi-Baxtiyor hududida yuz bergan va hozircha hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.  Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

“Bugun tushdan keyin portlovchi moslama kiygan odam portlab ketdi. Afsuski, olti nafar tinch aholi, jumladan, bir ayol halok bo‘ldi, yana 13 nafari yaralandi”, deb yozdi Qobul politsiyasi vakili Xolid Zadran X’dagi sahifasida.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda 2021 yilda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng zo‘ravonlik kamaygan. Ammo ISHIDning “Huroson viloyati” filiali faolligicha qolmoqda va muntazam ravishda tinch aholi, xorijliklar va “Tolibon” rasmiylariga turli hujumlar uyushtirmoqda. Ayni damda guruh Afg‘onistonda xavfsizlikka eng katta tahdid sifatida ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston janubi-g‘arbida qurollangan shaxslar hujumi oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qobul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made