Qobulda masjid portlatildi. Imom halok bo‘ldi
Jamiyat
−
12 iyun 2020 8605 1 daqiqa
Bugun, 12 iyun kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi masjidda portlash yuz berdi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.
Qobul g‘arbiy qismidagi Sher Shah Suri masjidida bomba portlatilishi natijasida to‘rt kishi, shu jumladan imom ham halok bo‘ldi. Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, sakkiz kishi turli jarohatlar olgan.
Portlash kim tomonidan amalga oshirilgani aniq emas. Hech bir guruh bu hodisani o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Sher Shah Suri masjidi Afg‘onistondagi katta masjidlardan biri hisoblanadi. Oxirgi oyda Afg‘onistonda portlashlar soni keskin ortdi. Bundan avvalroq, 2 iyunda boshqa bir masjidda ham portlash yuz bergan edi.
Live
Barchasi