Qobul aeroportida ayollar ishga qaytdi (fotoreportaj)
Olam
−
15 Sentabr 2021
11803Afg‘oniston poytaxti Qobulda joylashgan Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportda ayollar yana ishga qaytdi.
Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan to‘liq olib chiqilgandan so‘ng, aeroport “Tolibon” harakati nazorati ostiga o‘tdi, endi esa u asta-sekin normal ish jarayoniga qaytmoqda. Aeroport ma’muriyatiga ko‘ra, 30 ga yaqin ayol turli bo‘limlarda ish boshlagan. Yaqin kunlarda ularning soni 60 taga yetadi.
Aeroport direktori Mavlaviy Abdulhadi Hamadanning “Anadolu”ga ma’lum qilishicha, ayollar islom qonunlariga ko‘ra ishlash huquqiga ega va aeroportning barcha sobiq xodimlari o‘z lavozimlariga qaytgan.
Hamadan “Tolibon” davlat idoralarida lavozim egallagan barcha ayollarni ishga qaytishga chaqirganini eslagan.
“Biz aeroport xodimlarini ham ishga qaytardik. Barcha xodimlarimiz odatdagidek ishlamoqda”, degan u.
Ismi sir qolishini istagan aeroport xodimlaridan biri ish joyiga qaytganidan xursand ekanini aytgan va “Tolibon” ish haqi masalasini hal qilishini xohlashini bildirgan.